Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar kengashi gul ekish uchun 5 mlrd so‘m ajratdi
Sentyabr oyida tasdiqlangan salkam million dollarlik “gul paketi”ning 40 foizi taqsimlab chiqilib, qaysi tashkilotlar va poytaxtning qaysi tumanlariga qancha mablag‘ berilishi aniqlashtirildi. Tumanlar kesimida gul ekish uchun eng ko‘p mablag‘ Mirzo Ulug‘bek tumaniga ajratildi.
Foto: Kun.uz
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 19 sentabr kungi qarori bilan poytaxtga mavsumiy gullar ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratilishi ma’qullagan edi. Kengash 29 noyabr kuni bu mablag‘larning 5 mlrd so‘mini taqsimlash to‘g‘risida qaror chiqardi.
5 mlrd so‘mlik xarajatlar paketining manbasi – respublika budjetining 2023 yil 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan mablag‘lardir.
Ajratilayotgan mablag‘lar taqsimoti quyidagicha:
- poytaxtning 12 ta tumani obodonlashtirish boshqarmalariga (taqsimoti quyidagi jadvalda) – 2,73 mlrd so‘m;
- Irrigatsiya xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish obektlarini ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga – 1,4 mlrd so‘m;
- Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga – 550 mln so‘m;
- Hukumat obektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga – 250 mln so‘m;
- Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga – 70 mln so‘m.
Tumanlar kesimida gul ekish uchun eng ko‘p mablag‘ Mirzo Ulug‘bek (500 mln so‘m) va Chilonzor (400 mln so‘m) tumanlariga berilmoqda. Eng kam mablag‘ – Bektemir (100 mln so‘m), Yangihayot va Uchtepa tumanlariga (130 mln so‘mdan) ajratiladi.

Mavzuga oid
18:10 / 15.12.2025
Toshkentda yashovchi shaxs uyini ta’mirlash chog‘ida granata va boshqa qurollarni topib oldi
14:26 / 15.12.2025
Toshkentda chiqindilarni qayta ishlovchi yangi zavod quriladi
11:58 / 15.12.2025
Jidda–Toshkent reysi bortdagi tibbiy holat sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi
23:01 / 13.12.2025