Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar Toshkent shahriga gul ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratilishini ma’qulladi
Foto: Kun.uz
19 sentabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazilib, unda poytaxtda mavsumiy gullarni ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratish borasida qaror qabul qilindi. Qaror matni E-Qaror portaliga joylashtirilgan.
Qarorga ko‘ra, deputatlar Toshkent shahrida 2023 yilda mavsumiy gullarni ekish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 6,2 mlrd so‘m hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalariga gul ko‘chatlari ekish uchun 5,8 mlrd so‘m ajratilishini ma’qullagan.
Shuningdek, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarga 3,7 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan. Bu mablag‘lar tizimdagi «avtotransport vositalari va ishchi xodimlari bilan tasarrufidagi obodonlashtirish obektlarini saqlash, mexanik usulda va qo‘l kuchi bilan tozalash, suv sepish, xazonrezgi davrida ko‘chalarni tozalash, qishda mavsumida qum-tuz qorishmasini sepish, qor uyumlaridan tozalash, ularni olib chiqib ketish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari va ishlab chiqarish ehtiyojlari, yonilg‘i mahsulotlari narxi oshganligi»dan kelib chiqib ajratilayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, poytaxtning Yunusobod tumanidagi Obod mahalla hududini obodonlashtirish, muhandislik tarmoqlarini va ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish uchun 1,49 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari tumandagi Yunusobod mahalla hududini obodonlashtirish, muhandislik tarmoqlarini va ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun yana 210 mln so‘m mablag‘ ajratilishi qayd etilgan.
Ushbu xarajatlar uchun mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjetining 2023 yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilishi qarorda belgilangan.
Mavzuga oid
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026