YeI davlatlari sun’iy intellektni tartibga solish qoidalarini kelishib oldi
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar hukumatlari biometrik kuzatuvda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha qonun chiqaruvchilar pozitsiyasiga yon bosdi, deb yozadi Reuters.
Yevroparlament, Yevropa komissiyasi va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yangi «sun’iy intellekt qonuni» bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda 7 dekabr, payshanba kuni muzokaralar borishidan xabardor manbasiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
ChatGPT chat-boti kabi sun’iy intellekt (SI) tizimlarini qanday tartibga solish kerakligi haqidagi muzokaralar 6 dekabr kuni kunduzi boshlandi va tungacha davom etdi. Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, asosiy e’tibor milliy xavfsizlik, mudofaa va boshqa harbiy maqsadlarda biometrik kuzatuvda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishga qaratildi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari hukumatlari 10 soat davom etgan munozaralardan so‘ng biometrik ma’lumotlardan foydalangan holda nazoratni amalga oshirishga qarshi bo‘lgan qonun chiqaruvchilarning qo‘llab-quvvatlashiga erishish uchun murosaga kelishdi, deb yozadi Reuters.
Mavzuga oid
08:08
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
01:05
Oliy matematika sun’iy intellektning zaif tomoni bo‘lib qolmoqda - tadqiqot
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024