Jahon | 09:27 / 08.12.2023
4646
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev elektr energiyasi taqchilligi tufayli qo‘shnilaridan yordam so‘radi

Energiya taqchilligi tufayli Ukraina Ruminiya, Polsha va Slovakiyadan uni import qila boshladi. Ukrainada elektr energiyasini avariyaviy o‘chirishlar hozircha rejalashtirilmagan.

Foto: AP

Ukraina energetika tizimida keskin sovuq ob-havo fonida energetika tizimida taqchillik kuzatildi, mamlakat qo‘shni Yevropa Ittifoqi davlatlaridan shoshilinch yordam so‘radi, deb xabar berdi «Ukrenergo» davlat kompaniyasi 7 dekabr, payshanba kuni. «Soat 11:00 dan 19:00 gacha energiya tizimini muvozanatlashtirish uchun Slovakiya, Ruminiya va Polshadan avariyaviy elektr energiyasi importi amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar hozircha rejalashtirilmagan, Ukraina aholisi elektr energiyasini tejashga chaqirildi.

«Ukrenergo» noyabr oyi oxirida ukrainaliklarni mamlakat energetika tizimidagi murakkab vaziyat haqida ogohlantirgan edi. «Elektr stansiyalari iste’molchilarning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqara olmaydi - quyosh elektr stansiyalari barcha hududlarda zich bulutlar tufayli deyarli ishlamayapti, issiqlik elektr stansiyalarida esa ba’zi bloklar hali ham ta’mirlanmoqda», - deyiladi kompaniya bayonotida.

Elektr energiyasini import qilish zarurati

«Ukrenergo» rahbari Vladimir Kudritskiy iyun oyida Ukraina tizim muvozanatini saqlash uchun elektr energiyasini hech bo‘lmaganda qish boshigacha import qilishi kerakligini aytgan edi. «Import bilan bir qatorda issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik va elektr markazlarida ham qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish, ehtimol gaz ishlatish kerak bo‘ladi. Bu arzon emas, ammo iste’molchilarni tizimdan uzishdan ancha yaxshi», - deya qo‘shimcha qildi u.

O‘tgan kuz va qishda Ukrainada Rossiyaning energiya infratuzilmasiga raketa hujumlari fonida muntazam elektr tizimini o‘chirish jarayoni kuzatildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid