O‘zbekiston | 10:18 / 08.12.2023
27245
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat -12 darajagacha pasayishi kutilyapti

12-14 dekabr kunlari kechasi -10...-13 daraja, kunduzi -5...-8 darajagacha, shimolda kechasi -17...-20 daraja, kunduzi -9...-12 darajagacha pasayadi.

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi -10...-13 daraja, kunduzi -5...-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechasi -17...-20 daraja, kunduzi -9...-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

«O‘zgidromet» 9 dekabr, shanba kuni uchun ham ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+2 daraja, kunduzi +3...+5 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja, kunduzi -0...-5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi, Navoiy viloyati shimolida kechasi -2...-7 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin). Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarga 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarga 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid