Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya Ukrainaga zirhli texnika va zenit-raketa komplekslarini beradi
Bolgariya parlamenti prezidentning Kiyevga 100 ta zirhli texnika va zenit-raketa komplekslarini yuborishga qo‘ygan vetosini bekor qilib, ularni yetkazib berish hamda F-16’da o‘qitishda yordam berishni ma’qulladi.
Bolgariya parlamenti 8 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakat prezidenti Rumen Radev tomonidan zirhli texnikalarni Ukrainaga tekin topshirish bo‘yicha kelishuvga qo‘yilgan vetoni yengib o‘tdi. Mahalliy matbuotning yozishicha, 162 deputat vetoni bekor qilishni yoqlab ovoz bergan, 55 nafari esa qarshi chiqqan.
Kiyevga 100 dona Bolgariya zirhli transportyorlarni taqdim etish bo‘yicha kelishuv Bolgariya Ichki ishlar vazirligi va Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan avgust oyida imzolangan va 22 noyabr kuni mamlakat parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan edi. Biroq 4 dekabr kuni Radev veto qo‘yib, texnika Bolgariyaning o‘zi uchun, masalan, chegarani himoya qilish yoki tabiiy ofatlarga qarshi kurashda foydali bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Ukraina uchun yangi yordam paketi
8 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan alohida ovoz berishda Bolgariya parlamenti Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishni ma’qulladi. Bu qarorni 147 deputat qo‘llab-quvvatladi, 55 deputat qarshi chiqdi, yana 7 nafar deputat betaraf qoldi.
Unda Kiyevga nosoz yoki Bolgariya armiyasi uchun keraksiz bo‘lgan ko‘chma zenit-raketa komplekslari (KZRK) va zenit raketalari yuborilishi nazarda tutilgan. Bolgariya, shuningdek, ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishda ishtirok etadi.
Zelenskiy Bolgariyaga minnatdorchilik bildirdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Bolgariya parlamentiga Kiyevga zirhli transportyorlar va yangi harbiy yordam paketini taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildirdi. «Ushbu qaror bilan biz Yevropani va erkinlik himoyasini mustahkamlaymiz», — deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026