O‘zbekiston | 07:56 / 09.12.2023
5153
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadan Farg‘onaga uchgan samolyot noqulay ob-havo sabab Namanganga qo‘ndi

Farg‘ona – Moskva reysi yo‘lovchilari yerusti transportida Namangan aeroportiga yetkaziladi.

Foto: Uzbekistan Airports

«Farg‘ona» aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli «Azimut» aviakompaniyasining Moskva – Farg‘ona reysi Namangandagi muqobil aerodromga yo‘l oldi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, bortida 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 06:09 da Namanganga kelib qo‘ndi. 

A9170 Farg‘ona – Moskva reysi yo‘lovchilari yerusti transportida Namangan aeroportiga yetkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid