Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Avstriya Iqtisodiy palatasi vakolatxonasi ochiladi
Vena shahrida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Avstriya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi va biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Obidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Venada bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Avstriya hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishida ishtirok etdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Avstriyaning iqtisodiy hamda ikki tomonlama munosabatlarining joriy holati haqida ma’lumot almashdi hamda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldi. Moliya, turizm, tog‘-kon sanoati, «yashil» texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalari, infratuzilma va transportni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligida nou-hau sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Delegatsiyalar hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini 2024 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldi. Yig‘ilish yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida Avstriya tomoni ko‘magida ushbu mamlakat kompaniyalarining 100 dan ortiq vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi.
Avstriya Iqtisodiy palatasi vitse-prezidenti Filipp Gadi biznes-forumdagi nutqida mamlakat kompaniyalarini O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilishga chaqirdi. Qayd etilganidek, Avstriya kompaniyalari bilan qurilish, tog‘-kon sanoati, kimyo, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi sohalarida muvaffaqiyatli hamkorlik o‘rnatilgan.
Avstriya kompaniyalarining O‘zbekistondagi ishtirokini oshirish maqsadida yaqin vaqt ichida Toshkent shahrida Avstriya Iqtisodiy palatasi vakolatxonasi ochilishi ma’lum qilindi, u bir vaqtning o‘zida Avstriya elchixonasining iqtisodiy bo‘limi vazifasini ham bajaradi.
Mavzuga oid
10:15 / 29.06.2026
Avstriyaning ikkinchi yirik shahri kommunistlarga ovoz berdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026