Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada havo sharlari festivalini o‘tkazish imkoniyati o‘rganilmoqda
Rossiya Federatsiyasi Qozon shahrida joylashgan Global Media ballooning aeroklubi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati hududida havo sharlari festivali o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Bu haqda aeroklub rahbari Andrey Yermolayevning Farg‘ona viloyatiga tashrifida viloyat hokimligi rasmiylari bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida ma’lum qilindi.
Farg‘ona viloyatining iqlim sharoitlarini havo shari uchirish uchun maqbul ekanini qayd etgan Andrey Yermolayev, viloyat hududida bunday tadbirni o‘tkazilishi turizmni rivojlantirish hamda viloyatni xorijda tanitish nuqtai nazaridan samarali bo‘lishini ta’kidladi.
Global Media ballooning aeroklubi Qozon shahrida 4 ta aerostat bilan havo shari parvozlarini tashkil etgan bo‘lib, bugungi kunda shahar mehmonlari va mahalliy aholi tomonidan bunday havo sayohatiga talab yuqori.
Muzokaralar yakunida uchish sohasini tartibga soluvchi idoralar bilan Farg‘onada havo sharlarida parvozlarni tashkil etish bo‘yicha maslahatlashuvlardan so‘ng muzokaralarni yaqin kunlarda davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026