Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy yangi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Moskvaga jo‘natildi – OAV
Unga «Vandalizm» moddasi bo‘yicha yangi jinoyat ishi ochilgan.
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Melexovo shahridagi 6-sonli axloq tuzatish koloniyasidan Moskvaga jo‘natilgan. Bu haqda Baza o‘z manbalariga tayanib yozdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u vandalizm bo‘yicha yangi jinoyat ishi doirasida tergov harakatlarini o‘tkazish uchun yuborilgan.
Yangi jinoyat ishi haqida Navalniy 1 dekabr kuni ma’lum qilgan edi. Jinoyat Kodeksidagi 214-modda 2-qismi («Vandalizm») uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.
Avvalroq, Navalniy o‘ziga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud majlislarida ishtirok etmadi. Shuningdek, advokatlarga u bilan ko‘rishishga ruxsat berilmadi. Bundan tashqari, Melexovo shahridagi 6-sonli axloq tuzatish koloniyasi rahbariyati uni mahbuslar ro‘yxatidan chiqarilganini ma’lum qildi. Biroq, qayerga yuborilgani haqida ma’lumot bermagan edi. Shundan so‘ng, Navalniy vakillari u bilan aloqa uzilib qolgani haqida xabar berishdi.
Aleksey Navalniy Moskva shahar sudi tomonidan «ekstremizmni moliyalashtirish», «ekstremizmga da’vat qilish» va «ekstremistik tashkilot tuzish» moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan va hozir 19 yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.
Mavzuga oid
16:10 / 10.03.2026
Navalniy jamoasi jasad yorilishi bo‘yicha materiallarni oshkor qildi
16:35 / 17.02.2026
Kreml Navalniyning zaharlanishi haqidagi ayblovlarni “qat’iy” rad etdi
11:54 / 17.02.2026
15 davlat Navalniyning o‘limini tergov qilishni talab etmoqda
11:04 / 16.02.2026