Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17 dekabrda harorat 12 darajagacha ko‘tariladi
«O‘zgidromet» 17 dekabr, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...-3 daraja, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlari tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.