Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada migrantlar politsiya bilan to‘qnashdi, 82 kishi hibsga olindi
Politsiyachilardan biri osmonga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzgan.
Moskva shahrining Sadovod bozori hududida politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvdan so‘ng 82 nafar chet el fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
Voqea 15 dekabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Mojaro mahalliy politsiyachi 21 yoshli migrantning hujjatlarini tekshirishga uringanidan keyin boshlangan. Ta’kidlanishicha, u talabga bo‘ysunmay, politsiyachini o‘z avtomobilida bir necha metr sudrab, qochishga uringan, so‘ng mashinadan tushib, uni bir necha marta urgan.
Ko‘p o‘tmay, bir necha o‘nlab migrantlar voqea joyiga yig‘ilib, politsiya bilan tortishib ketgan. Ofitserlar havoga bir necha marta o‘q uzgan, shundan so‘ng ular hibsga olishni boshlagan.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan mayda bezorilik va immigratsiya qonunchiligini buzganlik moddalari bo‘yicha bayonnomalar tuzilgan. Avtomobil haydovchisiga nisbatan zo‘ravonlik moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
17:32 / 19.06.2026