Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI yanvarda Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratish bo‘yicha sammit o‘tkazadi
Yevropa Ittifoqi rahbariyatiga ko‘ra, Vengriyadan tashqari Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari Kiyevga yangi yordam paketini taqdim etishga tayyor. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen yordam bo‘yicha qaror Vengriya ishtirokisiz qabul qilinishini istisno etmadi.
Yevroittifoq 2024 yil boshida navbatdan tashqari sammit o‘tkazib, Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida yangi moliyaviy yordam paketini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 15 dekabr, juma kuni xabar berdi. Ushbu paket Bryusselda yakunlangan Yevropa Ittifoqi sammitida tasdiqlanishi rejalashtirilgan edi, ammo Vengriya veto qo‘ygani sababli buni amalga oshirib bo‘lmadi. Endi Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni ishontirishga yangi urinish bo‘ladi, chunki qaror bir ovozdan qabul qilinishi kerak. Mishel Yevropa Ittifoqining qolgan 26 davlati Ukrainaga ko‘p milliardlik yangi yordam paketini taqdim etishga tayyorligini ta’kidladi.
Yevroittifoq «B reja» takrorlanishi mumkinligini istisno etmayapti
Shu bilan birga, Ursula fon der Lyayyen Vengriya tomonidan yana qarshilik ko‘rsatilsa, Kiyevga yangi yordam paketi Budapesht roziligisiz tasdiqlanishi mumkinligini istisno etmadi. «Albatta, biz Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yechim ustida jadal ishlayapmiz, ammo ehtimoliy muqobil variantlarni ko‘rib chiqish zarur», dedi u.
O‘z navbatida, Sharl Mishel, agar kerak bo‘lsa, Ukrainaga yangi yordam paketi YeI budjetidan tashqari davlatlararo shartnomalar darajasida kelishilishi mumkinligini aytdi.
Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeI sammitida 26 a’zo davlat Orbanning majlislar zalida vaqtincha yo‘qligidan foydalanib, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026