Jahon | 22:16 / 18.12.2023
23289
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi HAMAS yer osti tunnellarining «tojidagi javohiri»ini topdi

Uning chuqurligi 50 metr, uzunligi esa 4 kilometrga yaqin ekani ta’kidlanmoqda. 

Isroil qurolli kuchlari G‘azo sektorida HAMAS harakatiga tegishli ulkan tunnelni topdi va uni ilgari topilgan barcha kommunikatsiya tizimlarining «tojidagi javohiri» deb atadi. 

«Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi HAMAS infratuzilmasining «tojidagi javohiri»dan biri bo‘lgan, ulkan tunnelni topib, keng jamoatchilikka taqdim etdi», dedi Isroil bosh vaziri vakili Ariel Bulshteyn. 

 

Tunnel ko‘lamini tavsiflar ekan, Bulshteyn uning chuqurligi 50 metrga yetganini, uzunligi esa 4 kilometrga yaqin ekanini tushuntirdi. Avtomobillar tunneldan hech qanday to‘siqsiz o‘tishi mumkin va uning bezaklariga «dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi metro stansiyalari ham hasad qilishi mumkin». 

17 dekabr kuni Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) Falastinning HAMAS harakatiga tegishli eng yirik tunnel tizimini topgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid