Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi
Chortoq tumani hokimi Anvar Otaxo‘jayev G‘ofur Jamolov o‘rniga Namangan shahrining yangi hokimi sifatida ish boshladi.
Anvar Xojaxonovich Otaxo‘jayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Anvar Otaxo‘jayev 1972 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1994 va 2002 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2011 yilda prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994 yilda Namangan shahar «Oltin Vodiy-95» xususiy firmasi rahbari vazifasidan boshlagan.
1998–2019 yillarda Namangan viloyat Iqtisodiyot va statistika boshqarmalarida turli lavozimlarda, Namangan viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i, Namangan viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleks rivojlantirish shu’basi yetakchi mutaxassisi, Oziq-ovqat holding kompaniyasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, «O‘zparrandasanoat» uyushmasi raisi o‘rinbosari, «Olmaliq kon metallurgiya kombinati» AJ boshqarma boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.
U 2019 yildan shu kunga qadar Chortoq tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.
- Bundan oldinroq 2021 yildan hozirgi vaqtgacha Namangan shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan G‘ofur Jamolov Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024