Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda YPX inspektori haydovchiga nisbatan elektroshoker ishlatdi
Toshkent viloyati Angren shahrida inspektor haydovchiga nisbatan elektroshoker ishlatdi. Viloyat IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Foto: Videodan kadr
Voqea kecha, 18 dekabr soat 12:00 larda Angren shahri hududida sodir bo‘lgan. Shu kuni xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan S.X. boshqaruvidagi Nexia-2 avtomashinasi qoida buzgani uchun to‘xtatilgan.
Inspektor tomonidan haydovchiga tushuntirish berilib, tegishli hujjatlarni taqdim etishi so‘ralganida, haydovchi hujjat berishdan bosh tortib, voqea joyidan ketib qolgan. Shundan so‘ng shahar dehqon bozori hududida ikkinchi marta to‘xtatilgan fuqaro ogohlantirilib, qonuniy talabga bo‘ysunishi so‘ralganida, u YPX inspektorini turli so‘zlar bilan haqoratlab, qarshilik ko‘rsatishda davom etgan.
Natijada inspektor “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan, elektroshoker qo‘llagan.
Hozirda voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida qo‘shimcha o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:36 / 19.11.2025
Angrenda zo‘ravonlikka uchragan qiz bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
18:39 / 29.10.2025
Toshkent viloyatida ko‘p qavatli uyning tomini o‘zlashtirgan shaxs jazolandi
21:08 / 10.09.2025
“Opam ona sog‘inchini o‘zi bilan olib ketdi” – Angrendagi dahshatli YTHda opasi va otasidan ayrilgan o‘g‘il
12:28 / 10.09.2025