Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilikka «to‘lovga qobiliyatsizlik» atamasi kiritiladi
«Bankrotlik» atamasi o‘rniga iqtisodiy nochor holatga tushgan tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni nazarda tutuvchi «to‘lovga qobiliyatsizlik» atamasi kiritiladi.
«To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Senat yalpi majlisida muhokama qilingan mazkur qonun bilan O‘zbekiston qonunlari va kodekslariga jismoniy hamda yuridik shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikka tortish asoslari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, kodeks va qonunlardagi «bankrotlik» atamasi o‘rniga iqtisodiy nochor holatga tushgan tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni nazarda tutuvchi «to‘lovga qobiliyatsizlik» atamasi kiritiladi.
Shuningdek, Jinoyat Kodeksida soxta to‘lovga qobiliyatsizlik, qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish holatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Fuqarolik Kodeksiga jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligiga oid yangi norma (261-modda) kiritiladi. Unga ko‘ra, qarzdor jismoniy shaxs pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz, deb topilishi mumkin.
Senatorlar ma’qullagan mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga ham muhim o‘zgartirish kiritilmoqda. Unga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar uchun to‘lovga qobiliyatsizlikning sog‘lomlashtirish jarayonida joriy soliq to‘lovlarini to‘lashni to‘xtatib turish va mazkur tartib-taomil yakunlangach soliq qarzlarini olti oy ichida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Mavzuga oid
09:28 / 07.05.2026
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi
20:57 / 03.04.2026
Qarzini uzolmasdan bankrot bo‘layotgan firmalarga oyoqqa turib olishida yordam beriladi
20:46 / 10.10.2023
Soliq qarzini 6 oy ichida bo‘lib to‘lash belgilanmoqda
15:39 / 25.09.2021