“Bankrotlik töğrisida”gi qonun örniga yangi tahrirdagi “Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida”gi qonun qabul qilingan. Qonun mazmunan kengaytirilib, “bankrotlik” atamasi umumjahon tajribasi talablariga muvofiq “tölovga qobiliyatsizlik” atamasi bilan almaştirilmoqda.
Nimalar özgaradi?
- Qarzdorning tölov qobiliyatini tiklaş maqsadida tijorat banklari, moliya taşkilotlari va boşqa manbalarning mablağlarini jalb etiş belgilanmoqda;
- Mol-mulki yetmasdan qoplanmay qolgan qarz mablağlarini qarzdor mansabdor şaxslar ğayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida bankrotlikka olib kelgan şaxslardan subsidiar yoki solidar tartibda undiriş talablari kiritilmoqda;
- Jismoniy şaxsning tölovga qobiliyatsizlik amaliyoti joriy qilinib, qarzni bölib-bölib tölaş tartibi joriy etilmoqda;
- Yuridik yoki jismoniy şaxsning ğayriqonuniy harakatlari, şu jumladan, firibgarlik asosida qarzdan ozod etilişining oldini olişga qaratilgan talablar ham belgilanmoqda.
Qonun ma'qullanişi bilan tölovga qobiliyatsizlikni soğlomlaştiriş taomillari orqali iqtisodiy noçor korxonalarni moliyaviy soğlomlaştiriş çoralarini qöllaşga imkoniyat yaratiladi.
Eslatib ötamiz, “Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida”gi qonun loyihasi şu yilning iyun oyida jamoatçilik muhokamasiga qöyilgandi.








