Jahon | 16:23 / 20.12.2023
13428
6 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiyning matbuot anjumani va Donetskka zarbalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 664-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Kiyevda 2023 yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi. U Ukraina QK bosh shtabi yana 400–500 ming kishini safarbar qilishni so‘rayotgani va «bugungi kunda Moskva bilan muzokaralar masalasi kun tartibida emasligi»ni ma’lum qildi.
  • Sergey Shoygu RF mudofaa vazirligi yig‘ilishida Rossiya armiyasi dunyodagi eng jangovar armiya ekanini va ukrainlar qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganini aytdi.
  • Armaniston safarbar qilingan va urushdan qochib, dezertirlik qilgan rossiyalikni birinchi marta deport qildi. Gap 2023 yil aprelida o‘z qismini tashlab ketgan va yarim yil mobaynida yashirinib yurgan Dmitriy Setrakov haqida ketmoqda. Hozirda u Rostov-Donda, Janubiy harbiy okrug bo‘yicha harbiy politsiyaning hududiy boshqarmasida bo‘lib turibdi.
  • Safarbar qilinganlarning qarindoshlari ularning oldingi chiziqdagi yaqinlariga Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tomonidan bosim o‘tkazilayotgani haqida aytishmoqda.
  • «Vagner» XHK sobiq instruktori Igor Salikov Niderlandiyaga kelib, Xalqaro jinoyat sudiga Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topshirgan. U Ukrainaga qarshi urushda 2014 yildan buyon ishtirok etgan va o‘zining ta’kidlashicha, ko‘plab jinoyatlarga guvoh bo‘lgan.
  • Yevropa mamlakatlari Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi ehtimoliy mag‘lubiyati oqibatlarini ko‘rib chiqishni boshladi.

Zelenskiyning yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mahalliy va xalqaro jurnalistlar ishtirokida (Hromadske hisoblariga ko‘ra, tadbirga OAVning 200 nafarga yaqin vakillari akkreditatsiya qilingan) matbuot anjumani o‘tkazildi.

Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi yana 400–500 ming kishini safarbar qilishni istayotgani, ammo o‘zi hozircha bu borada qaror qabul qilmaganini aytgan. Prezidentning aniqlik kiritishicha, u va Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘rtasida «ishchi munosabatlar» mavjud. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq «yaqin vaqtlar ichida» Kiyevga mablag‘ ajratadi, AQSh esa Ukrainaga «xiyonat qilmaydi». Zelenskiy shuningdek, Rossiya hukumati frontda «biror maqsadiga erisha olmagani»ni qayd etgan va «bugungi kunda Moskva bilan muzokaralar masalasi kun tartibida emasligi»ni qo‘shimcha qilgan.

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Front bo‘yidagi Kupyansk shahri hayoti 

Qizil Xoch jamiyati xodimi 49 yoshli Svetlana va uning 77 yoshli onasi Lyudmilaga Xarkiv oblasti Kupyansk shahridan evakuatsiya bo‘lishda yordam ko‘rsatmoqda — bu shahar harbiy to‘qnashuv chizig‘idan bir necha kilometr berida joylashgan.
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Qizil Xoch jamiyati avtomobili Kupyanskda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Front bo‘yidagi Kupyansk shahrida avtobus bekati
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Kupyansk ko‘chalaridan birida ketayotgan ukrainalik harbiylar
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Kupyanskda yashovchi ayol vayron bo‘lgan bino yonidan o‘tmoqda. Shahar 2022 yil 27 fevralidan 10 sentabrga qadar okkupatsiya ostida bo‘lgan — bu vaqt ichida, mahalliy rasmiylarga ko‘ra, uning 30 foiz qismi vayron qilingan. Hozir ham shahar o‘qqa tutilishi davom etmoqda.
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukrain qo‘shini 19 dekabr kuni okkupatsiya ostidagi Donetskning shimoliy qismini o‘qqa tutdi. Moskva tomonidan tayinlangan mahalliy rasmiylar tasdiqlashicha, Ukraina qurolli kuchlari shaharga besh daqiqa ichida 16 ta raketa uchirgan. «Izvestiya» ma’lumotiga ko‘ra, zarba to‘qqiz qavatli turar joy binosiga ham kelgan va bu yerda gaz quvuri yonib ketgan. Hujum oqibatida tinch aholi vakillari bo‘lgan olti kishi jarohatlangan.

FVV xodimlari Donetsk ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilishi vaqtida yaralangan ayolni olib ketishmoqda
AFP / Scanpix / LETA
To‘qqiz qavatli uyning Ukraina QK raketa zarbasidan keyingi ko‘rinishi
Valeriy Melnikov / EPA / Scanpix / LETA
Uyning raketa zarbasidan shikastlangan pod’yezdidagi o‘t o‘chiruvchi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainlar zarbasiga uchragan uyda yashovchi ayol mushugini quchib yig‘lamoqda
AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid