Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuela rahbariga yaqin hisoblangan kolumbiyalik tadbirkorni ozod qildi
Aleks Saabning ozod etilishiga javoban Karakas 20 venesuelalik siyosiy mahbus va 10 AQSh fuqarosini ozodlikka chiqardi, shuningdek, AQSh dengiz flotidagi korrupsiya mojarosida ishtirok etgan tadbirkorni ekstraditsiya qildi.
AQSh Venesuela bilan mahbuslar almashinuvi doirasida 20 dekabr, chorshanba kuni Venesuela rahbari Nikolas Maduroga yaqin bo‘lgan kolumbiyalik tadbirkor Aleks Saabni ozod qildi. AQSh rasmiylariga ko‘ra, kelishuv Qatar vositachiligida amalga oshirilgan.
Karakas bunga javoban 20 venesuelalik siyosiy mahbus va AQShning 10 fuqarosini qamoqdan qo‘yib yubordi. Bundan tashqari, Venesuela tomoni AQSh harbiy-dengiz kuchlaridagi yirik korrupsiya mojarosida ishtirok etgan tadbirkor Leonard Frensisni ekstraditsiya qildi.
Karakas Saabning ozod etilishini olqishlab, buni «Venesuela diplomatiyasining g‘alabasi» deb atadi. Tadbirkorning Venesuelaga kelishi mahalliy televideniye orqali namoyish etildi.
Maduro oilasi uchun pul yuvish ayblovi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan
Saab 2020 yil iyun oyida Eronga yo‘l olgan shaxsiy samolyoti Kabo-Verdega yonilg‘i quyish uchun qo‘nganida qo‘lga olingan edi. Norozilik belgisi sifatida Venesuela hukumati muxolifat bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Rasmiy Karakasga ko‘ra, Saab insonparvarlik missiyasini bajargan. Xabar qilinishicha, Aleks Saab hukumatning munozarali Clap dasturi uchun Venesuela hukumatiga millionlab dollarlik oziq-ovqat sotgan.
Saab AQSh va Kolumbiya tomonidan pul yuvish va boshqa jinoyatlarda ayblanib, Maduro oilasi va uning sheriklariga Venesuelada ocharchilikdan aziyat chekayotganlar uchun oziq-ovqat yordamida yuzlab million dollar ishlab olish va bu mablag‘larni chet elga olib chiqishda yordam bergani uchun qidiruvga berilgan edi. Amerikalik tergovchilarning fikricha, Saab Maduro oilasi va venesuelalik yuqori martabali amaldorlarning noqonuniy operatsiyalari haqida keng ma’lumotga ega.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:18 / 26.06.2026
Venesueladagi dahshatli zilzila: qurbonlar soni 235 kishiga yetdi, yuzlab binolar vayron bo‘lgan
21:46 / 25.06.2026