Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:29 / 22.12.2023
5583
1 daqiqa o‘qiladi
8 ta tibbiyot OTMni xalqaro top-1000 talikka kiritish rejalashtirilmoqda
«Aholi salomatligi - 2030» milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori loyiha muhokama uchun e’lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra:
- Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) standartlarini barcha 11 ta oliy tibbiy ta’lim va 74 ta tibbiy texnikumlarda joriy etish;
- xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan (akkreditatsiyadan o‘tgan) professional va oliy tibbiy ta’lim dasturlarini 10 foizdan 50 foizga yetkazish;
- tibbiyot xodimlarini malaka oshirish o‘quv jarayoni bilan qamrab olish ko‘rsatkichini 25 foizdan 50 foizga yetkazish;
- 8 ta oliy tibbiy ta’lim muassasalarining xalqaro e’tirof etilgan top mingtalikka kiritilishiga erishish;
- 10 ta ilmiy amaliy tibbiyot markazlardagi ilmiy tadqiqot laboratoriyalarni xalqaro GLP yoki GSP akkreditatsiyalaridan o‘tkazish;
- ilmiy tashkilotlardagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari ulushini 20 foizdan 37 foizga, fundamental ilmiy tadqiqot ishlarini 100 foizga yetkazish;
- ilmiy xodimlar salohiyatini 25 foizdan 46 foizga yetkazish;
- Hirsh indeksi 8 dan yuqori bo‘lgan olimlar ulushini 18 dan 36 foizga yetkazish taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
12:52 / 08.11.2025
Xususiy tibbiyotning ulushi mamlakatda 30 foizga yetdi
18:55 / 04.11.2025
Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tuzildi
18:21 / 30.10.2025