O‘zbekiston | 11:53 / 22.12.2023
13220
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari juda iliq harorat kuzatiladi

O‘zbekiston bo‘yicha 22-24 dekabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Bugun, 22 dekabr va 23-24 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan iliq havo kirib kelishi davom etadi va harorat ko‘tariladi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kunning ikkinchi yarmida havo +8...+13 darajagacha, shanba va yakshanba kunlari esa +12...+17 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari ham havo iliq bo‘ladi, yakshanba kuniga borib, harorat kechasi +2...+7 darajagacha ko‘tariladi.

Bu kunlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda 24 dekabr, yakshanba kuni asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, Farg‘ona vodiysining ayrim joylariga tuman tushishi kunduzi ham saqlanib turadi.

24 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda 22-24 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat bugun kunduzi +10...+12 daraja iliq bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari esa kechalari +3...+5 darajagacha, kunduz kunlari +14...+16 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid