Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida havo sifati yana hayot uchun xavfli darajaga chiqdi
22 dekabr kuni havo sifatini o‘lchaydigan Toshkentdagi 3ta stansiyada ham havoda ifloslanish darajasi hayot uchun xavfli daraja chiqqan. IQAir platformasi buni JSST belgilagan me’yordan 18 marta ko‘p deb ko‘rsatyapti.
Foto: Kun.uz
22 dekabr kuni Toshkent shahrida havo sifati 169 darajani qayd etgan. IQAir ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt havosining asosiy ifloslanishi PM2.5 dispers zarrachalari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Havo tarkibini ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi:
- PM2.5 – 90.2µg/m³
- PM10 – 88.1µg/m³
- O3 – 7.9µg/m³
- NO2 – 0µg/m³
- SO2 – 15.4µg/m³.

IQAir platformasi havo tarkibida PM2.5 zarrachasining bu miqdorini JSST belgilagan me’yordan 18 marta ko‘p deb ko‘rsatyapti.

Havo sifati AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi stansiyasida – 385, 15 shifoxona hududidagi stansiyasida – 166 va Xalqlar do‘stligi huddudidagi stansiyasida – 158 darajada yomonlashgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2022 yil 17 oktyabr kuni kechqurun Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan 42 barobarga ortib, 212 mkg/m³ga yetgandi.
Mavzuga oid
18:42
Prezident qarori: Toshkentda tirbandliklarni kamaytirish choralari tasdiqlandi
14:47
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
09:34 / 04.12.2025