Sport | 01:08 / 23.12.2023
28929
2 daqiqa o‘qiladi

«Man Siti» - klublar o‘rtasida jahon chempioni

Foto: TULLIO PUGLIA/GETTY IMAGES

Jiddada o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. 

Finalda YeChL g‘olibi «Manchester Siti» Libertadores Kubogi sohibi «Fluminense»ni tor-mor etdi va turnirdagi debyutidayoq chempionlikni qo‘lga kiritdi. Gvardiola jamoasi Holand va de Bryuynesiz ham 4ta gol urdi, Alvares dublga erishdi. 

Shu tariqa qatorasiga 11-bor Yevropa vakili klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi.

Klublar o‘rtasidagi JCh. Final
Manchester Siti (Angliya) — Fluminense (Braziliya) 4:0

22 dekabr, «King Abdulla Spors City»
Gollar: Alvares (1, 88), Nino (27, avtogol), Foden (72).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz (Gvardiol, 75), Diash, Ake (Bobb, 81), Lyuis (Kovachich, 61), Grilish, Silva, Rodri (Akanji, 74), Foden (Nunesh, 81), Alvares.
Fluminense – Fabio, Samuel Shaver, Nino (Marlon, 74), Melo (Goyyano, 61), Marselo (Gomes, 61), Ganso (Lima, 60), Ariyas, Martinelli, Andre, Kano, Keno (Kennedi, 46).
Ogohlantirishlar: Marselo (57), Gomes (68), Kennedi (84).

Mavzuga oid