Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nozima Davletova prezident administratsiyasida mas’ul lavozimga tayinlandi
Nozima Davletova prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.
Hujjatga muvofiq, Nozima Davletova O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshladi.
Nozima Davletova jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis. U universitetda «xalqaro muzokaralar» yo‘nalishida dars berish tajribasiga ega, gender masalalari bo‘yicha loyihalar tashabbuskori va koordinatori bo‘lgan.
U ushbu tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Bundan oldin Jahongir Ahmedov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shu’basi yetakchi inspektori sifatida ish boshlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:19 / 23.12.2023
Rejissyor Jahongir Ahmedov prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi
23:14 / 29.12.2022
Mass-media fondi rahbari tergov izolyatorida qoraqalpog‘istonlik jurnalist bilan uchrashdi
16:17 / 29.12.2022
«Axborot kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasidagi «xavfli modda»
07:03 / 25.11.2022