24 noyabr kuni Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi vasiylik kengaşi va ta’sisçilarining yiğilişi bölib ötdi. Unda taşkiliy masalalar muhokama qilindi.
Yiğilişda fond vasiylik kengaşi raisi lavozimiga Nozima Davletovaning nomzodi körib çiqildi va ma’qullandi. Ilgari u uşbu fond direktori bölib işlagan.
Nozima Davletova jamoatçilik bilan aloqalar böyiça mutaxassis. U universitetda «xalqaro muzokaralar» yönalişida dars beriş tajribasiga ega, gender masalalari böyiça loyihalar taşabbuskori va koordinatori bölgan.
Xalqaro aloqalar va nodavlat notijorat taşkilotlarida tajribaga ega Akramjon Fozilov Mass-media fondi direktori etib tayinlandi. Bungaça u Yevropa-Özbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi – EUROUZ'ning Toşkentdagi loyiha ofisi rahbari bölgan.
Eslatib ötamiz, şu yil iyul oyi oxirida Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi vasiylik kengaşining sobiq rahbari Komil Allamjonov prezident administratsiyasi rahbari örinbosari etib tayinlangan edi. U jamoatçilik fikrini örganiş va axborot siyosati uçun mas’uldir.








