Rejissyor Jahongir Ahmedov prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi
Jahongir Ahmedov prezident administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shu’basi yetakchi inspektori sifatida ish boshladi.

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq prezident administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shu’basi yetakchi inspektori tayinlandi.
Hujjatga muvofiq, Jahongir Ahmedov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shu’basi yetakchi inspektori sifatida ish boshladi.
Jahongir Ahmedov 1983 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissyorlik bo‘yicha tamomlagan.
U ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori lavozimlarida ishlab kelgan.
Jahongir Ahmedov rejissyor sifatida “Islomxo‘ja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
-
Shvetsiyada farzandlari tishini yaxshi tozalamagani uchun ota-ona 8 oyga qamaldi
Jahon | 22:32 / 06.06.2025
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12 / 06.06.2025
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08 / 06.06.2025
Mavzuga oid

19:02 / 01.06.2024
“Tarixiy film suratga olish shunchaki ijodiy jarayon emas, bu butun boshli sanoat” – “Yalangto‘sh Bahodir” filmi haqida katta suhbat

14:33 / 23.12.2023
Nozima Davletova prezident administratsiyasida mas’ul lavozimga tayinlandi

07:31 / 06.01.2022
Nodir Sayfullayev Prezident administratsiyasiga ishga o‘tkazildi

12:02 / 23.05.2020