Nodir Sayfullayev Özbekiston prezidenti administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantiriş şu’basi mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Yangi Özbekiston» xabar qildi.

Nodir Sayfullayev 1975 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1996 yil Toşkent davlat madaniyat institutini, 2005 yilda prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan, san’atşunoslik fanlari nomzodi.

U 2014 yil martdan Vazirlar Mahkamasida boş mutaxassis, 2016 yil oktyabrdan Madaniyat va san’at masalalari şu’basi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Nodir Sayfullayev 2019 yilning fevralidan buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimida işlab kelayotgandi.

Avvalroq, Abbos Mirzarahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlangani xabar berilgandi.