Kino va adabiyot, «oltin örtaliq» izlangan «Ilhaq» va «Oskar» - Rejissyor Jahongir Ahmedov bilan suhbat
|17:02 / 23.05.202034 32619 min
9 may kuni özbek telekanallarida Ikkinçi jahon uruşida beş nafar farzandini yöqotgan özbek ayoli Zulfiya Zokirova taqdiriga bağişlangan «Ilhaq» filmi ilk bor namoyiş qilingan edi.
Kun.uz muxbiri film rejissyori Jahongir Ahmedov bilan «Ilhaq» va uning atrofidagi fikrlar hamda özbek kinosiga oid boşqa mavzular yuzasidan suhbatlaşdi.
— Xalq uçun va turli tanlovlar uçun suratga olinadigan mualliflik kinolari böladi. Birinçisi tuşunarli. Ikkinçi yönalişda ijodkor köproq özi öylagan falsafani, fikrlarni kinoda aks ettiradi. “Ilhaq”ni köproq xalq uçun olingan kino deb tasavvur qildim.
— Haqsiz. Jurnalistlar tomonidan rejissyorlarga deyarli berilmaydigan savol bilan murojaat qilyapsiz. Oxirgi paytda özbek kinosida filmlar şunday toifalarga ajralib qoldi – kassabop (tomoşabinbop) film yoki mualliflik filmlari. Mualliflik filmlari oddiy tomoşabinga uzoqroq, ularga tuşunarsizroq, festivallarda qatnaşiş uçun falsafiy ğoyalarni örtaga taşlovçi filmlar böladi. Xos davralar uçun yaratiladi.
Ammo mening xayolimda doim bir fikr bor – film uçun yaxşi va yomon degan kategoriya bölişi kerak. Yaxşi filmni tomoşabin ham tuşunişi kerak. Uni festivallarda ham namoyiş eta oliş kerak. Ikkiga ajragan toifadagi filmlarga qarşi emasman, lekin men “Ilhaq”da öz oldimga qöygan vazifa oltin örtalikni topa oliş edi. Ramzlarga qöyilgan yuklamalarni tomoşabin ham “öqiy olişi” kerak. Misol uçun, filmdagi belboğ ramzi. Bu nafaqat Zulfiya opaning qadriyati yoki falsafasi, balki butun millatimizning falsafasi, millatning umuminsoniy qadriyatlarga munosabatini aks ettirgan ramz, deb hisoblayman. Mana şu milliy ramz kinoni tahlil qiluvçi xos davralar uçun ham, eng oddiy tomoşabin uçun ham tuşunarli, ham ta'sirli. Ramzlar faqatgina fikr, falsafa uçun xizmat qilsa, bunday ramzlarga ijodkor sifatida qarşiman. Ramzlar filmning ğoyasini oçiş bilan birga tomoşabinga özining emotsional ta'sirini ötkazib, uni larzaga sola olişi kerak. Belboğning film yakunida kelinlar tomonidan boğlanişi, belboğ kulminatsiyasini mutaxassislar ham, tomoşabinlar ham e'tirof etişyapti. “Ilhaq”ni mualliflik filmi va tomoşabop filmlar örtasidagi oltin örtalikni topişga uriniş deb baholaş mumkin.
— Hozir beradigan savolim san'at sohasi vakillari orasida yuz yillardan buyon bahsli. Yaxşi kino xalqning fikri, xalqqa ergaşib yaratilişi kerakmi yoki xalq uning ortidan ergaşişi kerakmi? Bu borada Jahongir Ahmedovning fikri qanday?
— Bu borada rejissyor sifatida mening haqiqatim şunday – film tomoşabinni öz ortidan ergaştira olişi kerak. Lekin avvalo film ijodkorlari xalqning ortidan ergaşgan bölişi kerak. Ya'ni biz xalqning içida bölişimiz, xalqning dardini anglay olişimiz kerak. Yuragimiz özbekça urib turgan bölişi kerak. Tilimiz özbekça gapirişi mumkin, taşqi körinişimiz özbekona bölişi mumkin, boşda döppi bölişi mumkin, lekin, ming afsuski, yuragimiz özbekça urmasligi mumkin. Ijodkorning yuragi özbekça urib turgan bölsa, uning filmi haqiqiy ma'noda xalqni öz ortidan ergaştira oladi. Bu mening haqiqatim. Har qanday uluğ falsafa, ğoyaning yuragi özbekça dukillamasa, u xalqni öz ketidan ergaştira olmaydi. Har qanday filmda ham birinçi örinda milliylikni markazga qöyib oliş kerak.
Mavzuga oid
— «Ğarbda kinolar orqali avval insonning ongiga, keyin yuragiga ta'sir qilinadi. Bizda esa avval yurakka, keyin ongga kiriladi», – degan edi kino rejissyor Şuhrat Abbosov.
— Ğarb tomoşabini har qanday hissiyotni avval ongi, keyin yuragi bilan qabul qiladi. Biz özgaçamiz. Avval yuragimiz bilan qabul qilamiz, yuragimiz bundan ta'sirlansa, ongga qadar yetib boradi. Aslida ikki ta'sir vositasi ham muhim. Inson tamaddunidagi ma'naviy immunitetni badiiy asarlar beradi. Berişga majbur. Közga körinmaydigan ma'naviy viruslar bor, ularga qarşi tura oladigan immunitet vazifasini badiiy ijod öz zimmasiga olişi kerak.
— Yaxşi kinolar yaralişida yaxşi adabiyotning örni juda katta. Bugungi kino san'ati bilan adabiyotning bir-biriga mutanosibligi borasida fikringiz qanday?
— Bugun biz oilani ajratib qöyib, ulardan farzand kutayotganga öxşaymiz. Ular ayro holda.
— Demak, kino va adabiyot bir-biridan uzilib qolgan, demoqçisiz?
– Albatta. Ma'lum bir muddat uzildi. Hozir qandaydir aloqalar tiklangani rost. Adabiyot kino, teatr san'ati bilan bir tan-u bir jon bölib işlamas ekan, yetuk asarlarni kutişning özi mantiqsiz.
— Muammo qayerda – yaxşi asarlar yozilmayotganidami yoki boğliqlik riştalari uzilganidami?
— Xalq haligaça “Ötkan kunlar”, “Şum bola” asarlarini qalbida asraydi. Klassik asarlarning asosida kuçli badiiy asar turibdi. “Ötkan kunlar” özbek romançiligi asosçisi Qodiriy qalamiga mansub. Bu bugungi kinoga yetmayotgan eng asosiy jihatlardan biri.
Bu yerda har ikki muammo ham – yaxşi asarlar yaratilmayotgani ham, unga murojaat qilinmayotgani ham bor. Yaxşi asar yozilsagina rejissyor unga e'tibor qaratadi-da, degan xulosani ham beriş mumkin. Rejissyor yozuvçilar bilan hamkorlik qilişni boşlasa, şunday kinolar vujudga keladi-da, degan fikr ham bor. Yirik kinoijodkorlar yozuvçilarning davrasida bölişgan. Yoki yozuvçilar kinoijodkorlar içida bölişgan.
— Mavjud manbalar va ulardan foydalanib yaxşi kino qilina olinmayotgani-çi?
— Kino va adabiyot örtasidagi uzilişga nima sabab bölganini bilmayman. Hozir özim va men mansub bölgan avlod haqida gapiryapman. Katta avlod kinoijodkorlarining adabiyot bilan hamkorligi davom etgan. Misol uçun, “Ilhaq” filmi. Uning uçun badiiy asos ustoz yozuvçilardan Alinazar Begimnazarovning “Beş jangçining onasi” degan asarlari hisoblanadi. Qahramonlar xarakteri, ğoyaviylik, avvalo badiiy asosda şakllangan bölişi kerak. “Ilhaq”ning qay ma'nodagi muvaffaqiyatini “Beş jangçining onasi” asari bilan boğlayman. Kinoni badiiy asos bilan boğlaş qançalik muhimligini öz tanasida his qilib körgan rejissyor sifatida gapiryapman. Özim maqsad qilgan narsa – hozir şakllanayotgan yoş ijodkorlarning hikoyalaridan tortib, romanlarigaça öqib çiqişim şart deb hisoblayman.
— Qozoqlar Tömaris obrazini kino qilişdi. Kino orqali xalq qahramonni öziniki deb qabul qila boşlaydi. Ya'ni biz bor manbalarimiz bilan ham işlamasak, ularni yöqotib qöyişimiz mumkin...
— Bizning regionda joylaşgan 3-4 millat Tömarisning qandaydir asoslar bilan öziga tegişligini his qiladi. Çunki, bilamiz, u davrda özbek, qozoq, qirğiz, turkman degan millatlar hali bölmagan. Şu jihatdan, qozoq qardoşlarimizga bizning qahramonimizni qaytarib ber, deb boş kötarişimiz adolatsizlik bölişi ham mumkin. Bu bir tomoni. Ikkinçi tomonda, ularning Tömaris obrazini film qilgani biz bu qahramonni boşqa tilga olmasligimiz kerak, degani emas. Öz film va spektakllarimizni qilişda davom etişimiz kerak. Tömaris haqida film, albatta, böladi. Bu borada işlab yurgan rejissyorlardan xabarim bor. U bizning xalqimizga xizmat qiladigan film böladi.
Sizning fikringizga töxtaladigan bölsak, bor manbalar, bor qahramonlardan ham kino olamida yetarli darajada foydalanilmadi. Bu mavzular film qilinmagani, ularga murojaat qilinmagani faqatgina kinoçilarga boğliq edimi – yöq. Bu kabi savollardan göyo bu mavzular har doim oçiq edi, lekin kinoçilar körib-körmaslikka olardi, degan ma'no anglaşiladi. Bunday emas. Bu qahramonlar haqida film yaratiş uçun ma'lum muddat kerak bölmadi. Bunga talab ham bölmadi. Ijodkorlardan bu söralmadi. Va buni yaratmoqçi bölgan ijodkorlarga imkon ham yaratilmadi. Tarixiy filmlarni suratga oliş jadal boşlanganiga 3 yil böldi. 3 yil içida yangi tarixiy filmlar tarjima qilindi. “Islomxöja”, “Elparvar”, “Avloniy” “Qöqon şamoli”, “Termiziy”, “Said va Saida” filmlari bilan mana şu tajriba yölga qöyildi.
Yoş avlodda tarixiy filmlarni suratga oliş böyiça tajriba bormidi? Yöq edi.
— 1996 yilda Amir Temur haqida film suratga olindi, undan keyin katta uziliş böldi.
— 1996 yilda olingan film atrofida bölgan gap-sözlarni ham bilasiz. Bizning avlod mutaxassis sifatida şakllangan davrda tajriba orttirişimiz mumkin bölgan biron maydon böldimi? Biron maktab böldimiki, tarixiy filmlarni suratga oliş tajribasi bizga singdirilsa?!
— Örtada suratga olingan yengil–yelpi filmlar maktab bölgulik emas-da...
— Maktab bölgulik emas edi. Birdan bunday imkoniyatlarning berilişi ijodkorlarni sergak torttirib, jiddiy mavzularga e'tiborlarini burib berdi. Yengil mavzularga öralaşib qolgan, aslida salohiyati yuqoriroq bölgan ijodkorlarni bu botqoqdan tortib olmadimi? Ijodkorlar şu yerdan çiqib keldi. Ust-boşini artdi, yuzini tozaladi va jiddiy mavzularga qöl ura boşladi. Har bir tarixiy film juda katta tadqiqot. Rejissyor faktlarni örganadi, olimlar bilan uçraşadi. Filmlar birin-ketin xalqqa taqdim etila boşlandi. Birinçi bosqiçda Islomxöja degan tarixiy şaxs, islohotçi borligini eslatdik. Film işlanişidan oldin Islomxöja haqidagi ma'lumotlar hatto vikipediyaga ham joylaştirilmagan edi. Joylaştirilgan bölsa ham, uni qidirib topib öqişga talab katta emasdi. Xalq bilmagan qahramonlarni diqqat markaziga olib çiqiş birinçi natija böldi. “Avloniy” filmi çiqqandan keyin bir guruh yoşlar Avloniyning qabri qayerdaligini qidirib topib ziyorat qilişgani, uning kitoblarini tarğib qilişganining özi meni hayajonga soldi. Bu ilk tajribalar.
“Islomxöja” filmida boş grimm ustasining yordamçisi bölib kelgan qiz – grimm ustasining kamida 10ta yordamçisi böladi, “Ilhaq” filmida boş grimm ustasi bölib işladi. “Elparvar” filmida dekoratorlar guruhida ilk bor katta kinoda ijodini boşlagan rassom yigit “Ilhaq” filmida boş rassom sifatida iş boşladi. Va buni talab darajasida uddaladi. Grimm ustasi, postanovkaçi rassom, liboslar dizayneri – hammasi yoşlar. Eng kattasi menman – 37 yoş. 80 foiz jamoa 30 yoş atrofida. Ular mahalliy mutaxassislarimiz. Maa şu jarayonda öz mutaxassislarimizni toblab olyapmiz. Mahalliy mutaxassislarni şakllantirib olyapmiz. Amir Temur haqidagi filmni Hollivuddan Spilpergni çaqirtirib suratga oldirişimiz mumkin. Bu faqatgina öşa filmning muvaffaqiyatini ta'minlab berişi mumkin xolos. Lekin butun özbek kinosining muvaffaqiyatini ta'minlay olmaydi. Bu tajribadan ham voz keçiş kerak emas, çet eldan rejissyor taklif etiş ham bölişi kerak. Lekin özimiz şu filmlarni qilib körayotganimiz, özimiz şu yutuqlarga erişayotganimiz özimizniki bölgan mutaxassislarni şakllantirib beryapti. Nafaqat kadr ortidagi mutaxassislar, balki kadr içidagi aktyor-aktrisalar uçun ham öz nafini beryapti. “Ilhaq” filmida boş rol ijroçilarining 80 foizdan ortiği tomoşabinlarga notaniş bölgan çehralar, lekin 10-15 yildan beri teatrda professional faoliyat yuritib kelayotgan aktyor-aktrisalar. Bugun berilayotgan imkoniyatdan foydalanib işlanayotgan film “Oskar”ni olişi, Kann festivalida ğolib bölişini kutiş mantiqsiz. Mana şunga olib boradigan yölni bosib ötyapmiz.
— Har qanday kino turli qoliplar asosida baholab köriladi. Baholaşning yana bir turi borki, kinoga ketgan mablağ öşa mamlakat aholisi soniga bölib köriladi. “Ilhaq” uçun ketgan mablağning aholi uçun tuşadigan uluşi qança?
– Filmlarning budjeti haqida oçiq-oydin, şaffof gapirişni boşladik. Bu ham ijobiy natija. “Ilhaq” filmini aholi jon boşiga hisoblaganda, har bir soliq tölovçiga 300 sömdan töğri kelar ekan. “Ilhaq”ni tomoşa qilgan odam bu film uçun 300 söm töladi, deb hisoblasak böladi. Soliq tölovçilarning mablağini oqladik. “Ilhaq” filmining respublika böyiça milliy premerasini barça kinoteatrlarda bir kunda namoyiş etişni kutgan edik. Kinoga ketgan davlat pulini, kerak bölsa foydasi bilan qaytariş mumkinligini isbotlaşni istagan edik. Karantin tufayli telenamoyişga majbur böldik. Har qanday şaroitda ham xalq bu filmni kutayotgan edi, uni körsatmaslik adolatsizlik bölardi. Xalqning olgan hayajonidan kelib çiqib aytiş mumkinki, kinoteatrlarga tuşib ham, kerak bölsa, bir neça marotaba tomoşa qilgan bölişardi. Şaroit tufayli filmni moddiy jihatdan oqlaşga imkon bölmadi. Lekin rejissyor sifatida ayta olamanki, ma'naviy jihatdan film özini oqladi.
— “Ilhaq” haqida köp gapirilmoqda, tahlillar qilinyapti. Ularni qançalik kuzatdingiz? Tahlillar içida “Ilhaq” özining haqiqiy bahosini ola bildi, deb öylaysizmi?
– Tanqid va tahlil. Kinoga nisbatan köproq tahlil sözini işlatişimiz kerak. Kinoning ilmi bu tahlil. Bu sohada hali ham ilmiy izlanişlar davom etyapti. Bundan 100 yil keyin ham töxtamaydi. Izlanişlar kinotanqid va kinotahlilda sezilişi kerak. Kinoda ham hamma narsa kaşf qilib bölingan, lekin ilm töxtamasligi kerak. Bizdagi kinotahlillarda esa köproq kinoga aloqasi bölmagan davrlar, şaxslar haqida töxtalişadi. Yoki qaysidir filmni eslaşadi, özlari sevgan film bilan qiyoslaşadi. Yoki özlari körmoqçi bölgan film haqida yozişadi.
Rejissyor sifatida ularning orzusidagi film haqidagi emas, balki men suratga olgan film haqidagi tahlilni öqigim keladi. Bir tahlilni öqidim. Unda muallif filmda “menga yoqqan” va “menga yoqmagan” jihatlar deb ta'kidlaydi. Ya'ni muallif öz şaxsiy didini butun özbek kinosiga mezon va me'yor sifatida taklif qiladi. Bu notöğri. Qançalik çuqur tahlil bölmasin, heç qaçon individual did mezon bölmasligi kerak. Jamiyatda fikrlar xilma-xilligini istasak, har ikki tomon bir-birining fikriga toqatli bölişiga örganişimiz kerak. Filmni yoqtirmaslikka, uni tanqid qilişga qançalik haqqing bölsa, kimningdir bu filmni sevişga, bu filmni yaxşi deyişga haqqi bor. Ikki tomonni ham hurmat qilişga örgansakkina, şunda kinoga ilm sifatida kirib kelişi mumkin bölgan tahlillar paydo böladi.
— “Ilhaq” öz haqiqiy bahosini topa olgan tahlillarni ham uçratdingizmi?
— Kinoga nisbatan adolatsiz munosabatni bot-bot takrorlab yurgan tahlilçilar ham yöq emas. Kinoning kamçilik va yutuqlarini adolatli tahlil qilayotgan mutaxassislar ham böy körsatişyapti. Kino – sintez san'ati. Köpgina tahlillar rejissyor kinoni oladi, bastakor musiqa bastalaydi, aktyor rol ijro etadi degan tuşunçada aylanadi. Kino son-sanoqsiz san'at turlarini birlaştiradi. Tahlil barçasini nazardan ötkaza olişi kerak. Kino san'ati bugun professional kinoşunoslarning yangi avlodiga muhtoj. Fikr bildirmoqçi bölganlarning munosabatlari ham örganiladi. Lekin kinoning ertasi uçun professional tahlillar öta muhim. Şaxsan men professional darajada qilingan tahlillarni töplayman. Ular tayyor şpargalka. Tahlilni şifokorga öxşataman. Uning vazifasi bemorni davolaş, öldiriş emas.
Kino tanqid, tahlil, professional kinoşunoslarsiz rivojlanmaydi. Kinotahlilning kino san'atning rivojlanişidagi örni adabiyotnikidan kam emas. Taşxis kino san'atining yanada soğlom, yanada tetik bölişiga xizmat qilişi kerak. Tanqid garmdori singari aççiq bölişi kerak. Garmdori esa iştahani oçadi.
— “Ilhaq”ning muammosi nimada deb öylaysiz?
— Kino sifatidami?
— Kino sifatida.
— “Ilhaq”ning muammosi özimizda bölsa kerak. Yoşlar uçun Osiyo çempionatida yoşlarimiz iştirok etişdi. Juda yaxşi öyin körsatib, hal qiluvçi öyinda mağlubiyatga uçraşdi. Mana şu mağlubiyatda men özimni aybladim. Çunki ijtimoiy tarmoqlarda seni vatan kutyapti, yutqazişga haqqing yöq, milliy ğururning tiklanişi senga boğliq degan postlarni men ham qöygan edim. Otang boşini kötarib yurişi uçun sen bugun ğalaba qozonişing kerak, degan postlarni öqidim. Mana şu balandparvoz çaqiriqlar, menimça, yigitlarga xalaqit berdi, ortiqça bosim yukladi. Ular maydonda öz öyinini erkin namoyiş eta olmadi. Raqib avvalgi öyindagi raqibdan bir poğona kuçsiz. Lekin yigitlarimizning xayolida ğalaba qozonişdan köra, yutqazib qöymaslik hissi ustunlik qildi. Ğalaba qozoniş şijoatidan köra yutqazib qöymaslik ehtiyotkorligi ustun keldi. Bugungi kinoda ham ana şunday ruhiyat xalal beryapti. Ğalaba qiliş şijoatidan köra, yutqazib qöymaslik ehtiyotkorligi bosimi ostida qolyapmiz. Mana şu bosim xalal bergani rost. “1917” filmi, “Oddiy askar Raynni qutqariş” filmi haqida gapirişadi. Lekin şu filmlar suratga olingunça öşa mamlakat kinosanoati bosib ötgan yölni hisobga olişmayapti-ku. Ularning tajribasini hisobga olmayapsizlar. Butun jamiyat qaysi bosqiçlardan ötdi?!
Ma'naviy, ijodiy inqilobga faqatgina xos soha vakillari yetib kelmaydi, jamiyat yetib keladi. Bugunning ijodkorlari bugungi jamiyatning aksi. Özbek kinosiga çegirmalar, amnistiya kerak degan da'vodan uzoqman. Bunga balki haqqim ham yöqdir. Çunki xalq yaxşi filmlarni yetarliça, hatto ortiği bilan kutdi. Şuning uçun ijodkorlar ham töxtanglar, avval tajriba töplab olaylik, keyin yaxşi filmlarni qilamiz, degan da'voni qilmayapti. Hollivudga tajriba orttiriş uçun bizni yuboringlar, desak, bugun “Islomxöja” ham, “Ilhaq” ham bölmasdi. Bularni katta maqsad yölidagi karvonning manzillari sifatida qabul qilişimiz kerak. 2017 yilda tarixiy filmlarni suratga oliş jadal boşlandi. Bir yil içida davlat rahbarining 2ta qarori e'lon qilindi. Biz prezident e'tiboriga otaşin, minnatdorlik nutqlari orqali javob berişga örganganmiz. Bu imkoniyatlarga natija bilan munosabat bildirişni örganişimiz kerak.