O‘zbekiston | 17:56 / 25.12.2023
12026
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiqda qor yog‘ishi va tuman bo‘lishi kutilmoqda

Dovon yo‘lida yaxmalak yuzaga kelishi mumkin, Toshkent va Namangan viloyatining ayrim hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrini va respublikaning g‘arbiy hududlarini vodiy viloyatlari bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonida 27 dekabr kuni qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan tuman kuzatilishi, yaxmalak yuzaga kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

«2023 yil 27 dekabr kuni A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 metr/soniyagacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin», deyiladi xabarda.

Shuningdek, 25-29 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
  • Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

«Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq «O‘zgidromet» 26-27 dekabr kunlari mamlakatga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi haqida prognoz bergandi.

Mavzuga oid