O‘zbekiston | 07:40 / 28.12.2023
3641
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha aviareys 6 soatdan ko‘proqqa kechiktirildi

Bunga texnik ishlar bajarilishi va havo kemasi rejalashtirilgan vaqtda uchishga tayyor emasligi sabab bo‘lgan.

Foto: Kun.uz

2023 yil 28 dekabr kuni HY101/102 Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnov 6 soat-u 20 daqiqaga kechiktirildi.

Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, bunga texnik ishlar bajarilishi va havo kemasi rejalashtirilgan vaqtda uchishga tayyor emasligi sabab bo‘lgan.

Reys quyidagi o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

HY101 qatnovi
Toshkentdan jo‘nab ketish - soat 13:00 da, mahalliy vaqt;
Nyu-Yorkka yetib kelish - soat 16:10 da, mahalliy vaqt;

HY102 qatnovi
Nyu-Yorkdan jo‘nab ketish - soat 17:45 da, mahalliy vaqt
Toshkentga yetib kelish - soat 15:45 da (ertasi kuni), mahalliy vaqt

Aviakompaniyaning texnik xizmati mutaxassislari havo kemasini rejalashtirilgan parvozga tayyorlash bo‘yicha barcha zarur ishlarni olib borayotgani aytiladi.

Mavzuga oid