Moskvada ikki shoir urushga qarshi she’rlari uchun sudlandi
«Mayakovskiy ishi» bo‘yicha ayblanuvchilar, shoirlar Artem Kamardin va Yegor Shtovba uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukm e’lon qilingach, qo‘lga olishlar boshlandi, jumladan, jurnalistlarni ham.

Foto: Picture Alliance
Moskvaning Tver tuman sudi «Mayakovskiy o‘qishlari» she’riy kechalari ishtirokchilari, shoirlar Artem Kamardin va Yegor Shtovbani uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qildi. «Novaya gazeta - Yevropa»ning muxbiri xabar berishicha, Kamardin yetti yilga, Shtovba esa besh yarim yilga qamalgan.
«Novaya-Yevropa» qayd etishicha, sud 33 yoshli Kamardin va 23 yoshli Shtovbani «LXR» va «DXR» qurolli tuzilmalari a’zolariga qarshi adovat qo‘zg‘atishda, shuningdek, davlat xavfsizligiga qarshi qaratilgan faoliyatga chaqiriqlarda aybdor deb topdi. «Mediazona» xabariga ko‘ra, Kamardin 500 ming rubl jarimaga ham tortilgan, qarorni sudya Kseniya Panova qabul qilgan.
Sudlanuvchilarning tarafdorlari «Mayakovskiy ishi | Kamardin, Dayneko, Shtovba» Telegram-kanalida aniqlik kiritishicha, hukm e’lon qilinganidan keyin ba’zi eshituvchilar, xususan, Artem Kamardinning rafiqasi Aleksandra Popova «Uyat!» deb baqirgan. Shundan so‘ng u va yana bir necha kishi sud zalida ushlangan. Jurnalistlar doxil qo‘lga olishlar sud oldidagi ko‘chada davom etdi. Biroz vaqt o‘tgach, muxbirlar avtozakdan chiqarib yuborildi.
Donbass haqidagi she’r uchun yetti yil qamoq
2022 yil 25 sentabrda Kamardin va Shtovba Moskvadagi Triumfalnaya maydonida shoir Vladimir Mayakovskiy haykali yonida bo‘lib o‘tgan «Mayakovskiy o‘qishlari» she’r kechalarida ishtirok etdi. Kamardin Donbass haqidagi she’rlarni o‘qidi. Buning ertasiga u politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan, kaltaklangan va uning so‘zlariga ko‘ra, zo‘rlangan, shundan so‘ng u kamera oldida kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay, xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan «112» Telegram-kanalida uzr so‘ralgan video paydo bo‘ldi.
Dastlab Kamardin va Shtovbaga nisbatan «LXR» va «DXR» qurolli tuzilmalari a’zolarini kamsitganlik uchun ish ochilgan, deb yozadi «Mediazona». 2023 yil mart oyida ayblov davlatga qarshi faoliyatga chaqirish haqidagi moddaga o‘zgartirilgan. Kamardinning jinoyati shundan iboratki, she’rida chaqiruv qog‘ozlarini olmaslik va ular asosida harbiy komissarlikka bormaslikni tavsiya qilgan. Shtovbani uning sherigi deb atalgan.
Ish bo‘yicha uchinchi ayblanuvchi - shoir Nikolay Dayneko may oyida to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. «Memorial» inson huquqlari markazi jamoasi har uchala shoirni - «Mayakovskiy ishi» ishtirokchisini siyosiy mahbuslar ro‘yxatiga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Zelenskiy qazilmalar bo‘yicha kelishuvdan chiqmoqchi
Jahon | 09:11
-
Toshkent tumanida me’yoriy talablarga javob bermaydigan obekt to‘xtatildi
Jamiyat | 08:53
-
Urushdagi mutlaq rekord: mart Rossiya artilleriyasi uchun «qora oy» bo‘ldi
Jahon | 08:51
-
Putinga urush kerak, Tramp buni tushunib yetgan ko‘rinadi - The Times
Jahon | 08:47
Mavzuga oid

21:08 / 24.03.2025
Moskva va Sankt-Peterburg elitali uy-joy narxlari o‘sishi bo‘yicha dunyo megapolislarini ortda qoldirdi

17:12 / 22.03.2025
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini ma’lum qildi

11:14 / 21.03.2025
Butun zal Abdulla Oripovdan she’r so‘ragandi - shoirning shogirdi xotiralari

08:20 / 14.03.2025