Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yuk mashinalariga yo‘l yig‘imi joriy etiladi
2024 yil 1 apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va tirkamalarga tabaqalashtirilgan yillik yig‘im joriy etiladi. Mablag‘lar avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
2024 yil 1 apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun tabaqalashtirilgan yillik 1,7-3,4 mln so‘m (BHM 5-10 baravari) miqdorda «yo‘l yig‘imi» joriy etiladi. Bu 2024 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda belgilangan.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘im Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan undirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur yig‘im joriy etilishi natijasida 63 mlrd so‘m mablag‘lar umumfoydalanishdagi yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash uchun yo‘naltiriladi.
Respublikada yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq 30 080 ta transport vositalari va tirkamalar mavjud.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
10:00 / 29.03.2026