Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuror Navalniy shtabining sobiq boshlig‘iga 10,5 yil so‘radi
Tomsklik faolga hukm 29 dekabr kuni e’lon qilinishi kerak. U ekstremizm haqidagi modda bo‘yicha sudlanmoqda. Ta’qibga Fadeyevaning Navalniy shtabida ishlashi sabab bo‘ldi.
Prokuror ekstremizmda ayblanayotgan tomsklik faol Kseniya Fadeyevani 10 yil-u 6 oy qamoq jazosiga hukm qilishni so‘ragan. Bu haqda 28 dekabr, payshanba kuni Fadeyevaning Telegram'dagi qo‘llab-quvvatlash guruhi xabar berdi.
Yordam guruhiga ko‘ra, Tomsk Sovet sudida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida payshanba kuni sudya Xudyakov qolgan barcha himoya guvohlarini so‘roq qilishdan bosh tortgan va tomonlar o‘rtasidagi eshituvga kirishgan. Prokuror Roman Boldirev ayblanuvchining aybini ta’kidlab, 10,5 yil umumiy rejimdagi koloniyani so‘radi. Fadeyeva juma kuni so‘nggi so‘zini aytadi, shundan so‘ng hukm e’lon qilinishi kutilmoqda.
Fadeyevaga qarshi ish
Tomsk shahar dumasi deputati Kseniya Fadeyeva o‘z mansab mavqeyidan foydalangan holda «ekstremistik hamjamiyat» faoliyatini tashkil etishda hamda «fuqarolarning shaxsi va huquqlarini buzuvchi notijorat tashkilotda ishtirok etishda» ayblanmoqda. Ta’qibga uning Navalniyning shtabida ishlashi sabab bo‘lgan.
Fadeyeva 2021 yilning dekabrida qo‘lga olingan. 2023 yil avgust oyida deputatning ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan. Majlislar yopiq eshiklar ortida o‘tkazilyapti.
2023 yil oktyabr oyining oxirida Fadeyevaning ehtiyot chorasi muayyan harakatlarni taqiqlashdan uy qamog‘iga o‘zgartirildi. 13 noyabr kuni esa sud uni davlat ayblovchisining iltimosiga binoan tergov izolyatoriga jo‘natdi. «Memorial» Fadeyevani siyosiy mahbus deb biladi.
Mavzuga oid
13:10 / 18.10.2024
Tomskda Stalin qatag‘onlari qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan ustunlar buzib tashlandi
08:01 / 05.08.2024
Kseniya Fadeyeva: Men almashinuvga rozilik bermadim
08:49 / 30.07.2024
Navalniyning ittifoqchisi Kseniya Fadeyeva koloniyadan olib chiqib ketildi
08:16 / 16.05.2024