Aleksey Navalniyning Tomskdagi ştabi sobiq rahbari Kseniya Fadeyeva 4 avgust, yakşanba kuni Rossiya Federatsiyasi va Ğarb davlatlari örtasidagi asirlar almaşinuvi natijasida Rossiya koloniyasidan ozod etilganidan söng birinçi murojaatini e’lon qildi. Unda u barçaga «qöllab-quvvatlaganliklari uçun» minnatdorçilik bildirdi. 

«Aytişim kerakki, men almaşinuvga rozilik bermadim. 2021 yilda jinoiy iş oçilmagunça Rossiyani tark etmaslikka ongli ravişda qaror qildim va tergov hibsxonasida bölmaganimda qoçib ketmadim», dedi Fadeyeva. Uning sözlariga köra, «FSB» maxsus kuçlari uni «şunçaki» avtobusga, keyin esa samolyotga ötkazgan.

Xuddi şunday bayonotni avvalroq muxolifatçi Ilya Yaşin ham berdi. U almaşinuv röyxatiga kiritmaslikni söraganini eslatib ötdi. «Men bilan sodir bölgan voqeani almaşinuv sifatida körmayapman», dedi Yaşin 2 avgust kuni Bonnda bölib ötgan matbuot anjumanida.

Ğarb va Rossiya örtasida mahbuslar almaşinuvi

2 avgust kuni Rossiya va Ğarb davlatlari örtasida keng kölamli mahbuslar almaşinuvi bölib ötdi. Rossiya koloniyalaridan jami 16 kişi ozod qilindi, ular orasida siyosiy mahbuslar Vladimir Kara-Murza, Ilya Yaşin, Oleg Orlov, amerikalik jurnalistlar Evan Gerşkoviç va Alsu Kurmaşeva, şuningdek, Rossiya va Belarusda turli muddatlarga qamalgan Germaniya fuqarolari bor. Rossiyaga 10 kişi qaytdi - Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari, ularning ikki farzandi, kiberfiribgarlar va Germaniyada umrbod qamoq jazosini ötagan «FSB» xodimi Vadim Krasikov.