Tomsk rasmiylari stalin qatağon yillarida qatl etilganlarning ismlari yozilgan yodgorlik ustunlarini demontaj qildi. Bu haqda 17 oktyabr, payşanba kuni «TV2. Novosti Tomska i Sibiri» va «Govorit NeMoskva» Telegram-kanallari xabar berdi.
Mahalliy aholining naşrlarga aytişiça, ustunlar 16 oktyabr kuni — bir kun oldin buzib taşlangan. «Na qarindoşlarning ustunlarni tinç qöyiş söralgan xatlari, na oddiy Tomsk aholisining ustunlarni tegmaslik haqidagi murojaati ham yordam bermadi», — deya öz suhbatdoşidan iqtibos keltirdi TV2.
«Govorit NeMoskva» 22 sentabr kuni faollar Tomskdagi Kaştak tepaligida beşta yodgorlik ustunini örnatib, bu yerda qatl etilgan 30 kişining portretlari va tarixini joylaştirganini bildiradi. 11 oktyabr kuni Tomsk meriyasi ularni «ruxsat etilmagan binolar» sifatida buzişni talab qildi. Rasmiylar bilan yodgorlik ustunlarini qonuniylaştiriş böyiça muzokaralar heç qanday natija bermadi.
Tomsk meriyasi yodgorlik ustunlarining buzilişini izohlar ekan, Kaştaçnaya toği madaniy meros obekti bölganligi sababli mintaqaviy muhofazaga olinişini aytdi. «U yerda biron bir bino quriş, kiçik me’moriy şakllar va boşqa obektlarni ruxsatisiz örnatiş taqiqlanadi, şu sababli noma’lum şaxs tomonidan qöyilgan obektlar demontaj qilinib, saqlaş uçun olib ketildi», — deya TV2 şahar hokimligi matbuot xizmati xabarini keltirgan.
1920-1930 yillarda Tomskdagi Kaştak jarlarida jami töqqiz mingga yaqin odam otib öldirilgan, ular orasida şoir Nikolay Klyuyev, faylasuf Gustav Şpet va boşqa köplab taniqli şaxslar bor.
Rossiyada Stalinga haykal qöyiladi
Vologdada sovet diktatori Iosif Stalin haykali örnatiladi, uning hukmronligi davrida millionlab odamlar SSSRda ommaviy qatağon qurboniga aylangan. Qaror «jamoatçilik murojaatlari» va tegişli sörov mavjudligi munosabati bilan qabul qilindi, dedi Vologda oblasti gubernatori Georgiy Filimonov 11 oktyabr kuni. U «şaxs rolining noaniq talqiniga» qaramay, «buyuk yutuqlarni tan oliş, mamlakat tarixini biliş, u bilan faxrlaniş» zarurligini ta’kidladi.
«Yodgorlik qurilişi böyiça işlar allaqaçon yakuniga yetmoqda», — dedi gubernator. Stalin haykali u 1911-1912 yillarda yaşagan uy-muzey hududida örnatiladi, deya xabar beriladi qöşimça ravişda. Şu bilan birga, Filimonov Vologdada Ivan Grozniyga haykal örnatiş rejasini e’lon qildi.
«Toçka» naşri ma’lumotlariga köra, 2023 yil holatiga köra, Rossiya Federatsiyasida Stalinga 110 ta yodgorlik örnatilgan bölib, ulardan 95 tasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin davrida paydo bölgan. Bundan taşqari, 2014 yilda Rossiya Qrimni qöşib olganidan söng, örnatiş tezligi ikki baravar oşdi. 40 ta mintaqa va 107 ta aholi punktida Stalinga yodgorliklar mavjud bölib, ulardan 15 tasi mintaqa ma’muriy markazlari hisoblanadi, deb yozadi naşr.













