Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Yevropa osmoni mudofaasini mingta Patriot raketasi bilan kuchaytiradi – OAV
Shuningdek, alyans Yevropada raketa ishlab chiqarish hajmini oshirishga va’da bermoqda.
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Yevropa Ittifoqi davlatlarining «Osmon qalqoni» mudofaa tizimini Patriot zenit-raketa majmuasining mingta raketasi bilan kuchaytiradi.
NATO bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo bir guruh davlatlar qayd etilgan miqdordagi jangovar raketalarni sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan, ular orasida Germaniya, Niderlandiya, Ruminiya va Ispaniya ham bor. Bu haqda Reuters yozdi.
Patriot majmualari uchun mingta raketa bo‘yicha shartnoma Amerikaning COMLOG kompaniyasi va Yevropaning MBDA raketa tizimlarini ishlab chiqaruvchisi bilan imzolangan. NATO Yevropada raketa ishlab chiqarish hajmini oshirishga va’da bermoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Patriot zenit-raketa majmuasi 450-550 mln dollar narxga ega, uning bitta raketasi qiymati – taxminan 4 mln dollar.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026