Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda surunkali kasalliklarni boshqarish dasturi sinovdan o‘tkaziladi
O‘zbekistonda surunkali kasallikka chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, bu borada tegishli normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Unda “Tibbiy reabilitatsiya” respublika-hududiy va tuman vertikal tizimini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.
Bundan tashqari, 208 ta ko‘p tarmoqli poliklinikalarda reabilitologiya bo‘limlarini tashkil etish, reabilitolog, kineziolog mutaxassislari faoliyatini ta’minlash nazarda tutilgan.
17 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari tibbiyot xodimlarining reabilitologiya bo‘yicha bilim va malakasi oshiriladi.
Onkologik klinika va boshqa shifoxonalarda “Palliativ yordam” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Surunkali kasalliklarni boshqarish dasturini ishlab chiqish hamda Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, har yili 350 ming nafar diabet, 1,5 mln nafar yurak qon-tomir va 120 ming nafar onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026