Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent kichik halqa yo‘lining bir qismi yopiladi
14 yanvar kuni yo‘lning bir qismida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli, Kichik halqa avtomobil yo‘lining Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasidan Qo‘rg‘oncha ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 2024 yil 14 yanvar kuni soat 00:00 dan 04:00 gacha qisman yopiladi.
Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026