Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda mashinadan tanasini chiqarib soxta dollar sochganlarga chora ko‘rildi
Samarqand viloyatida guruh bo‘lib qoidalarni buzgan holda harakatlangan haydovchilar va tanasini mashinadan chiqarib soxta dollar sochgan shaxslarga chora ko‘rilgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa Past Darg‘om tumanida to‘y korteji harakatlanganda sodir bo‘lgan.
Haydovchilar mashinalar yo‘nalishini keskin o‘zgartirib, o‘zlari va o‘zgalar hayotiga xavf solib harakatlanishgan. Mashinalardan birida bo‘lgan ikki yigit esa tanasini mashinadan chiqarib, soxta dollar sochgan.
Qoidabuzarliklar tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, holat viloyat IIB YHXB tomonidan nazoratga olingan va barcha qoidabuzarlar topilgan.
Ularga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnomalar tuzilib, mashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026