Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgilanmagan joyda chiqindi tashlaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi
Shuningdek, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan yuridik shaxslarga 100–300 BHM (34 mln so‘mdan 102 mln so‘mgacha) moliyaviy sanksiya qo‘llash ham ko‘zda tutilmoqda.
2023 yilda O‘zbekistonda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik, sanoat chiqindilarini tashlash kabi holatlar bilan bog‘liq 17 mingdan ortiq huquqbuzarlik qayd etilgan. Huquqbuzarlarga 7,6 milliard so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llangan.
Bu haqda davlat ekologik inspeksiyasi xodimi Nodirbek Jamburbayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda chiqindi tashlash bilan bog‘liq aniqlangan huquqbuzarliklar 2022 yilga qaraganda (17 ta mingta) sezilarli kamaygan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash fuqarolarga 1–3 BHM (340 mingdan 1 mln so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 3–5 BHM (1 mlndan 1,7 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
“Hozirda prezidentning 81-sonli farmoniga asosan ishlab chiqilgan qonun loyihasida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlaganlik bo‘yicha ma’muriy jarimalarni 10 BHMgacha oshirish, yuridik shaxslarga esa BHMning 100-300 barobarigacha miqdorda moliyaviy sanksiya qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda bu qonun loyihamiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan o‘tgan va Senatga taqdim etilgan. Unda nafaqat chiqindilar, daraxtlarning noqonuniy kesilishi bo‘yicha ma’muriy jarimalarni ham oshirish belgilangan”, – dedi ekoinspeksiya vakili.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin chiqindi sohasida muhim o‘zgarishlarni ko‘zda tutuvchi prezident farmoni e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026
Bo‘stonliq tumanidagi «noqonuniy chiqindixona» bartaraf etildi
11:35 / 02.04.2026
Iste’molchilar chiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yo‘l bilan jazoladi
12:23 / 25.03.2026