Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karmana tumaniga yangi hokim tayinlandi
Karmana tumanining ko‘p yillik hokimi Faxritdin Umarov ishdan ketgan. Uning o‘rniga Valijon Adizov tumanning yangi hokimi sifatida ish boshladi.
Foto: Navoiy viloyati hokimligi
2024 yil 16 yanvar kuni Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdan tashqari 77-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, sektor rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan mazkur sessiya ishida viloyat rahbari N.Tursunov so‘zga chiqib, tuman hokimi lavozimiga Adizov Valijon Yusupovichni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.
Ushbu qaror xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.
Valijon Adizov bunga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Faxritdin Umarov 2016 yildan buyon Karmana tumaniga hokimlik qilib kelgandi. 2023 yil oktyabr oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev tuman rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma bergandi. Bunga tuman hududidagi mayning fermalar sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025