Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniyada rossiyalik siyosatshunos josuslikda ayblanib hibsga olindi
Tartu universitetining sobiq professori Rossiya maxsus xizmatlari uchun ishlaganlikda ayblanmoqda. U ikki oyga hibsga olindi.
Rossiyalik siyosatshunos Vyacheslav Morozov Estoniyada Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi. «Estoniyaning Xaryus uyezd sudi Tartu universiteti sobiq professori, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Vyacheslav Morozovni ikki oyga hibsga oldi, u 3 yanvar kuni Estoniyaga qarshi Rossiya foydasiga razvedka faoliyatida gumon qilinib ushlangan», deb xabar berdi davlat prokurori Triyna Olev 16 yanvar, seshanba kuni.
Hozircha tergov tafsilotlari oshkor qilinmayapti. Mazkur holat bo‘yicha davlat prokuraturasi ko‘rsatmasi bo‘yicha Xavfsizlik politsiyasi departamenti tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rossiya maxsus xizmatlarining Estoniyaga qiziqishi
Xavfsizlik politsiyasi bosh direktori Margot Palosson Morozov hibsga olinishini izohlar ekan, Rossiya maxsus xizmatlarining Estoniyaga qiziqishi yuqoriligicha qolayotganini ta’kidladi. «Hozirgi ish o‘ndan ortiq oldingi holatlarga qo‘shimcha bo‘lib, Rossiya maxsus xizmatlarining Estoniya hayoti turli sohalariga, jumladan, ilmiy tadqiqot sektoriga kirib borish istagini ko‘rsatadi», dedi u.
Vyacheslav Morozov Tartu universitetining Shyutte institutida siyosatshunoslik professori bo‘lib ishlagan. Institut rahbari Kristiina Tinisson Rus.ERR portaliga Morozovga nisbatan gumon paydo bo‘lgach, u bilan mehnat munosabatlari to‘xtatilganini tasdiqladi.
Estoniyaning ETIS ilmiy axborot tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, Vyacheslav Morozov 2010 yilgacha Sankt-Peterburg davlat universitetida ishlagan, keyin esa Tartu universiteti bilan hamkorlik qilgan. 2016-2023 yillarda Tartuda Yevropa Ittifoqi va russhunoslik kafedrasi professori, 2023 yil 1 sentabrdan 2024 yil 11 yanvargacha xalqaro siyosat nazariyasi professori lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid
20:30 / 19.05.2026
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
12:27 / 20.03.2026
Estoniya Rossiyani havo hududini buzishda aybladi
14:52 / 28.02.2026