Jahon | 10:49 / 17.01.2024
2324
3 daqiqa o‘qiladi

Navalniyning yana bir advokatiga ekstremizm bo‘yicha ayblov qo‘yildi

Olga Mixaylovaga «ekstremistik hamjamiyatda» qatnashish aybi qo‘yilgan. Avvalroq xuddi shu ish bo‘yicha Aleksey Navalniyning boshqa himoyachilari ham hibsga olingan edi.

Foto: TASS

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning advokati Olga Mixaylova xabar berishicha, unga Rossiya Federatsiyasida, tergovchilarning fikricha, siyosatchi asos solgan «ekstremistik hamjamiyat»da ishtirok etish bo‘yicha sirtdan ayblov qo‘yilgan. «Ma’lum bo‘lishicha, men Aleksey Navalniyni barcha jinoiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha himoya qilmaganman, Yevropa sudida shikoyatlarni yutib olmaganman, lekin 2011 yilda u yaratgan ekstremistik hamjamiyatda ishtirok etganman», deb yozgan advokat 16 yanvar, seshanba kuni o‘zining Facebook sahifasida.

Chet elda bo‘lgan Mixaylova so‘zlariga ko‘ra, uning ishi bo‘yicha tergovchilar Navalniyning barcha ishlarida bo‘lgani kabi bir xil - «aqldan ozgan bema’nilik va uydirma ekstremizmni ixtiro qilishning ustalari», deb tavsiflagan. 

«Hamkasblar hibsga olinganidan keyin qaytishdan ma’no yo‘q» 

2023 yil oktyabr oyida muxolifatchini himoya qilgan yana uch advokat - Igor Sergunin, Vadim Kobzev va Aleksey Lipser xuddi shu ayblov bilan hibsga olingandi. Ular o‘z ayblarini tan olmayapti. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, advokatlar yordamida uch yildan beri qamoqda o‘tirgan Navalniy nomi oshkor etilmagan ekstremistik tashkilot bilan aloqada bo‘lgan. 

Mixaylova «13 oktyabr kuni Navalniyning barcha advokatlariga qarshi misli ko‘rilmagan hujum haqida oldindan bilgan operativ xodimlarga va Russia Today’ga alohida salom» yetkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mixaylova 10 oktyabr kuni Iordaniyaga rejalashtirilgan safari uchun jo‘nab ketayotganida, ular uni Moskva aeroportida kuzatib borgan va keyin hamkasblari hibsga olinishi arafasida uni «hammani sotib, o‘zi qochib ketganlikda» ayblagan. 

«Men hech qachon hech kimni sotmaganman. Men hech qachon qochmaganman. Rossiyada qolishimga va o‘z mijozlarimni oxirigacha himoya qilishimga qat’iy ishonganman. Ammo 13 oktyabr kuni hamkasblarim hibsga olinganidan keyin qamoqqa qaytishdan ma’no yo‘q. Ha, hozir men qizim bilan chet davlatdaman, uyimiz yo‘q, muammolarimiz ko‘p», deb yozgan Mixaylova va «koloniyada emas, balki ozodlikda foydaliroq bo‘lishga» umid qilishini qo‘shimcha qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid