O‘zbekiston | 19:58 / 17.01.2024
10209
2 daqiqa o‘qiladi

PM2,5 dispers zarrachalaridan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi 

Atmosfera havosida ushbu zarrachalarning yuqori konsentratsiyasi yallig‘lanish, kanserogen, teratogen, sitotoksik ta’sirga ega bo‘lib, allergopatologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va insonning umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiladi. 

Toshkent shahrining atmosfera havosi tarkibida zararli PM2,5 dispers zarrachalari me’yordan bir necha o‘n barobar ko‘paygani munosabati bilan Sanepidqo‘mita ulardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalarni berdi. 

Qayd qilinishicha, PM2,5 zarrachalar nafas yo‘lidan o‘tib, alveolalar va o‘pka kapillyarlariga, tizimli qon oqimiga, turli a’zolarga kirib, turli to‘qimalarning hujayralariga bevosita mahalliy ta’sir ko‘rsatadi. 

Atmosfera havosida ushbu zarrachalarning yuqori konsentratsiyasi yallig‘lanish, kanserogen, teratogen, sitotoksik ta’sirga ega bo‘lib, allergopatologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va insonning umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiladi. 

Mutaxassislar PM2,5 dispers zarrachalaridan himoyalanish bo‘yicha bir qator tavsiyalarni bergan.  

Jumladan, xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turish. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish ham chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qo‘yish mumkin. 

Derazalarni yopiq holda saqlash. Ayniqsa, kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zich yopish. Ko‘proq suv ichish, ochiq havoda harakat qilishni cheklash. Tez-tez dush qabul qilish, ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishni yengillashtiradi. Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlash. 

Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ularni har 2 soatda almashtirishi zarur. Ko‘zlarni ham yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim. 

Mavzuga oid