Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholisi soni eng tez o‘sayotgan hududlar ma’lum qilindi
Toshkent shahri, Surxondaryo, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari aholisi tez o‘smoqda.
Foto: Kun.uz
2024 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 36,8 mln kishini tashkil etgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga ko‘paygan.
Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda - 2,9 foiz.
Undan keyingi o‘rinlarni doimiy aholi soni o‘sishi mos ravishda 2,5 foiz hamda 2,3 foizni tashkil etgan Surxondaryo viloyati va Namangan viloyati egalladi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Samarqand viloyati – 2,2 foiz;
- Andijon viloyati – 2,2 foiz;
- Jizzax viloyati – 2,2 foiz;
- Qashqadaryo viloyati – 2,2 foiz;
- Farg‘ona viloyati – 2,1 foiz;
- Navoiy viloyati – 1,9 foiz;
- Sirdaryo viloyati – 1,9 foiz;
- Toshkent viloyati – 1,9 foiz;
- Xorazm viloyati – 1,9 foiz;
- Buxoro viloyati – 1,7 foiz;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1,3 foiz.
Mavzuga oid
10:26 / 27.12.2025
O‘zbekistonda energiya resurslari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
10:12 / 27.12.2025
Chakana savdo 11 foizga, ulgurji savdo 12,8 foizga o‘sdi - yangi raqamlar
15:53 / 26.12.2025
Statistika qo‘mitasi: savdo aylanmalarida ijobiy dinamika saqlanmoqda
13:51 / 25.12.2025