Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlantiriladi
Madaniy meros obektlari, vokzallar, jamoat transporti va poyezdlarda harakatlanish imkoniyati cheklangan kishilar uchun liftlar, panduslar va tutqichlar o‘rnatiladi. 2027 yilgacha 1000 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar yo‘l xarajatlarining 50 foizini davlat qoplaydi. Mehmonxonalar uchun ham subsidiyalar beriladi.
“O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2024 yildan:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda ko‘zi ojizlar uchun madaniy meros obektlarining kichraytirilgan o‘lchamdagi maketlari o‘rnatiladi va ular to‘g‘risida Brayl alifbosidagi ma’lumotlar joylashtiriladi;
- temiryo‘l va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus ko‘tarilish panduslari va qulay zina tutqichlari o‘rnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qo‘yiladi.
2027 yil 1 yanvarga qadar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida I va II guruh nogironligi bo‘lgan 1000 nafar shaxsga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming so‘mdan oshmagan qismi;
eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
2024 yil 1 apreldan 2026 yil 1 aprelgacha mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:
- yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million so‘m;
- yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million so‘m.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda quyidagilar nazarda tutilgan:
- 2024 yil 1 martdan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Uzbekistan.travel yagona milliy turistik axborot portalidan foydalanish imkoniyatini yaratish;
- respublikaning har bir hududida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etish;
- avia, temiryo‘l hamda avtobus biletlarini xarid qilish bo‘yicha onlayn platformalarda eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq e’lonlar uchun taktil hamda ovozli funksiyali displeylarni joriy qilish.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026