O‘zbekiston | 13:41 / 20.01.2024
2096
1 daqiqa o‘qiladi

Jazoirning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jazoirning yangi elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoirning yangi elchisi Muhammad Irqini qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«Jazoirning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Muhammad Irqi janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, barcha sohalarda aloqalarni faollashtirish va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.

«Janob Elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – Baxtiyor Saidov.

Muhammad Irqi 2022-2023 yillarda Jazoirning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Bumedian Gennad o‘rniga tayinlandi.

Mavzuga oid