Jahon | 13:42 / 20.01.2024
5753
3 daqiqa o‘qiladi

Peterburgdagi kafeda portlash uyushtirgan Trepova 28 yilga qamalishi mumkin

Qiz kafega portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan haykalcha olib kelgan. Portlash natijasida «harbiy muxbir» Tatarskiy halok bo‘ldi va 52 kishi yaralandi.

Foto: RIA Novosti

Prokuror Peterburgdagi 2-g‘arbiy okrug harbiy sudining sayyor majlisidagi muhokama chog‘ida rossiyalik urush tarafdori bloger Vladlen Tatarskiyni o‘ldirishda ayblanayotgan Darya Trepovaga 28 yil qamoq jazosini so‘radi. Bu haqda 19 yanvar, juma kuni «Mediazona» o‘z muxbiriga tayanib xabar berdi.

Umumiy rejimdagi koloniyada 28 yilga qo‘shimcha ravishda, prokuratura suddan Trepovaga 800 ming rubl miqdorida jarima solishni so‘radi - bu davlat ayblovi qiz uchun barcha ayblovlar bo‘yicha so‘ralayotgan jami jazo, deb yozadi «Mediazona». 

Trepova bir guruh shaxslar tomonidan inson o‘limiga sabab bo‘lgan terakt, portlovchi qurilmalarning noqonuniy savdosi va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda. Birinchi moddaga ko‘ra, prokuratura uni 19 yilga, ikkinchisi bo‘yicha - 14 yil va 800 ming rubl jarimaga, uchinchisi bo‘yicha - 3 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.

Kvartirasida qiz qo‘lga olingan Dmitriy Kasinsev Trepova bilan birga sudlanmoqda. Kasinsev o‘ta og‘ir jinoyatni yashirishda ayblanmoqda. Prokuror unga bir yil-u 10 oy umumiy rejimdagi koloniya jazosi berishni so‘radi.

Trepova aybini tan olmadi 

Birinchi sud majlisida Trepova «terrorchilik harakati» va «portlovchi qurilmalarning noqonuniy savdosi» moddalari bo‘yicha aybini tan olmasligini aytdi. Trepova «hujjatlarni qalbakilashtirish» moddasi bo‘yicha o‘z aybini to‘liq tan oldi. 

2023 yil 2 aprel kuni qiz Peterburgdagi Street Food Bar № 1 kafesiga portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan haykalchani olib kelib, Tatarskiyga topshirgan. Portlashda Tatarskiy halok bo‘ldi, 52 kishi yaralandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ishda 85 kishi jabrlangan. Trepovaning ta’kidlashicha, u haykalchada nima borligini bilmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tatarskiy bilan tanishish vazifasini unga Ukrainada yashovchi jurnalist Roman Popkov va «Geshtalt» taxallusi bo‘lgan erkak topshirgan. Trepovaga «ijodiy oqshom»ga Tatarskiy byustini olib borish yuklangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, portlovchi moddalar solingan haykalchani Trepovaga ukrainalik Yuriy Denisov bergan.

Mavzuga oid