Sankt-Peterburgda 15 noyabr, çorşanba kuni 2023 yil aprelida şahar kafelaridan birida yuz bergan portlaş işi böyiça sud boşlandi, unda uruş tarafdori bölgan bloger Vladlen Tatarskiy (haqiqiy ismi Maksim Fomin) halok bölgandi. 

2-Ğarbiy harbiy okrug sudining birinçi sayyor majlisida sudlanuvçi Darya Trepova «terrorçilik harakati» va «portlovçi qurilmalarning noqonuniy aylanmasi» moddalari böyiça öz aybini tan olmasligini va avval berilgan körsatmalari töğri ekanini aytdi, deb yozadi «Fontanka» sud zalidan. Trepova «hujjatlarni qalbakilaştiriş» moddasi böyiça öz aybini töliq tan olgan.

Sudda ayblov xulosasi öqib eşittirildi. Tergov ma’lumotlariga köra, 2023 yil 2 aprelda Trepova Ukrainadan kelgan kuratorlar körsatmasi bilan Street Food Bar № 1 kafesiga portlovçi moddalar bilan töldirilgan haykalçani olib kelib, «harbiy muxbir» Tatarskiyga topşirgan. Portlaşda Tatarskiy halok böldi, 52 kişi yaralandi. Rossiya Tergov qömitasi ma’lum qilişiça, işda 85 kişi jabrlanuvçi sifatida qayd etilgan. 

Trepovaning şerigi deb taxmin qilingan şaxs aybini qisman tan oldi 

Kvartirasida Trepova qölga olingan Dmitriy Kasinsev ham sud oldida javob berdi. U «jinoyatni yaşiriş»da ayblanmoqda hamda aybini qisman tan oldi, lekin jinoyat qanday tasniflangani bilan rozi emas - dastlab u «jinoyat haqida xabar bermaslik»da gumon qilingan, ammo keyin ayblov kuçaytirilgan. 

Kasinsev uy qamoğida, Trepova esa - tergov izolyatorida. Sud iş böyiça navbatdagi majlisni 17 noyabrga belgiladi.